Umumiy maʻlumotlar
Andijon viloyati hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan andijonlik 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun yoshlar uchun “Zakovat” intellektual oʻyinida ishtirok etib “Spark” yutib olish imkoniyati.
Tanlov ishtirokchilari oʻzlari yashayotgan mahalla fuqarolari yigʻinida yashaydigan va doimiy roʻyxatdan oʻtgan kursdoshlar, hamkasblar, qarindoshlar, tanish-bilishlaridan iborat 6 kishilik jamoa tuzishlari va roʻyxatdan oʻtib qatnashishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish 1-fevraldan 9-fevral 23:59 gacha amalga oshiriladi.
Maqbullik shartlari
- Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan andijonlik yoshlar jamoa tuzib ishtirok etishlari mumkin;
- Ishtirokchilar oʻzlari istiqomat qilayotgan mahalla fuqarolari yigʻinida 6 kishilik jamoa tuzishlari kerak;
- Jamoa aʼzolarining barchasi bitta mahalla fuqarolar yigʻinida doimiy roʻyxatda turishi soʻraladi;
- Jamoa aʼzolari kursdoshlar, hamkasblar, qarindoshlar, tanish-bilishlardan iborat boʻlishi mumkin.
Foydali tomonlari
Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlandi:
- Bosh sovrin — “Spark” avtomashinasi;
- Ikkinchi oʻrin — 20 mln soʻm;
- Uchinchi oʻrin — 10 mln soʻm.
Hujjat topshirish
Tanlov bosqichlari haqida batafsil:
- Ishtirokchilar 6 kishidan iborat jamoa tuzib oʻz hududlaridagi Yoshlar ishlari agentligidan roʻyxatdan oʻtishlari kerak;
- Roʻyxatdan oʻtish 10-fevralga qadar tuman va shahar Yoshlar ishlari agentligi hamda @AndZakovatbot telegram boti orqali amalga oshiriladi;
- 26-fevralga qadar tuman, shahar bosqichi;
- Yakuniy viloyat bosqichi mart oyining birinchi oʻn kunligida oʻtkaziladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun @AndZakovatbot botiga murojaat qilish mumkin.