Angliyada doktorlik (PhD) dissertatsiyasini yoqlash uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant

Angliyada doktorlik (PhD) dissertatsiyasini yoqlash uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant

  • 24/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • 19.04.2021 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dean's Doctoral Scholarships grant dasturi Manchester Universiteti tabiiy va muhandislik fanlari fakulteti tomonidan tashkil etilgan va shu fakultet tomonidan moliyalashtiriladi. Dastur davomiyligi — 3,5 yil. Ushbu dastur dunyoning yetakchi tadqiqot muhitida qiyin ilmiy loyihalar ustida ishlash istagidagi barcha millat talabalarini qamrab oladi.

Dasturda barcha millat vakillari qatnashishi mumkin.

Ushbu dastur quyidagi yo'nalishlarni moliyalashtiradi:

  • Aerokosmik muhandislik
  • Astronomiya va astrofizika
  • Kimyoviy muhandislik va analitik fan
  • Kimyo
  • Qurilish ishi
  • Qoplamalar va keramika
  • Kompyuter fanlari
  • Yer va atrof-muhit fanlari
  • Elektrotexnika va elektron muhandislik
  • Atrof-muhit fanlari
  • Moda boshqaruvi va marketingi
  • Tasvirlash va xarakterlash
  • Muhandislik sohasida loyihalarni boshqarish
  • materiallar
  • Matematika
  • Mashinasozlik
  • Metallurgiya va korroziya
  • Nano va funktsional materiallar
  • Neft muhandisligi
  • Fizika va astronomiya
  • Polimerlar va kompozitlar
  • To'qimachilik va kiyim-kechak

Dastur haqida batafsil ushbu havоla оrqali ma'lumоt оlish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • 2024-yil sentabr oyida boshlanadigan PhD dasturi uchun ariza topshirgan bo'lish kerak;
  • Bakalavr diplomi (yoki unga muqobil xalqaro akademik sertifikat);
  • Magistrlik darajasi (yoki unga muqobil xalqaro akademik daraja);
  • Hujjat toрshirayоtgan fakultet tomonidan belgilangan ingliz tili talablariga javob berish;
  • Manchester universitetida o'qish taklif xatiga ega bo'lishlari kerak;
  • Tadqiqot olib borish bilan bog’liq tajribaga ega bo’lish lozim: masalan, bakalavriat / magistrlik loyihalari, ishga joylashish, stajirovka o'tkazish, nashrlarga / maqolalarga hissa qo’shish, tadqiqot yoki loyiha natijalarini kengroq auditoriyaga targ'ib qilish, avvalgi ish uchun mukofotlar yoki boshqa guruhlar bilan hamkorlik qilish.

Foydali tomonlari

  • O'qish to'lovi to'liq qolanadi;
  • UKRI stipendiyasi minimal miqdoriga teng boʻlgan yillik stipendiya;
  • Oʻquv va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriluvchi 1000 funt sterling miqdoridagi yillik grant beriladi;
  • Doktorlik ishi qilish davomida ilmiy rahbar tanlash imkoniyati.

Hujjat topshirish

Kerakli hujjatlar:

  • Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat;
  • Pasport nusxasi;
  • Ma’lumotnoma;
  • CV;
  • Tarjimai hol.

Ariza topshirish yo’riqnomasi va mezonlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqing (fayl ko’rinishida yuklab olishingiz mumkin).

Barchasi tayyor bo’lgandan so’ng ushbu sayt orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Texnik muommolarga duch kelsangiz ma’muriyat bilan bog’laning:

Telefon: +44 (0) 161 275 4740

E-mail: pg-admissions@manchester.ac.uk

Eslatma! Arizalaringizni saqlaganingizdan so’ng unga 28 kun ichida o’zgartirishlar kiritishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Nomzodlar fakultet ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan tanlov hay’ati tomonidan zoom ilovasi orqali intervyu qilinadi. Intervyu 20-may Dushanba kunidan 26-may Chorshanba kuniga qadar o’tkaziladi: intervyu vaqtingiz haqida sizga email orqali xabar beriladi. 

Natijalar 2021-yil 4-iyunda e’lon qilinadi.

Dastur davomiyligi — 3,5 yil.

Buyuk Britaniya
Angliyada doktorlik (PhD) dissertatsiyasini yoqlash uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar