AQSh elchixonasi tomonidan Jizzax shahrida ayollar va qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashgʻulotlari

AQSh elchixonasi tomonidan Jizzax shahrida ayollar va qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashgʻulotlari

  • 10/07/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Oʻzbekiston Davlat
  • Iloji boricha tez Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    O'zbek tili
  • Yosh chegarasi
    13 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi “Sports Visitor” – AQSh xalqaro almashinuv dasturlarining bitiruvchisi hamda professional dzyudo murabbiylari bilan hamkorlikda xotin-qizlar oʻzlarini himoya qilishlari uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan oʻz-oʻzini himoya qilish boʻyicha oʻquv dasturining yangi bosqichini Jizzax viloyatida boshlamoqda.

Mashgʻulotlar 2024-yil avgust oyidan boshlab Jizzax shahrining Monomarkaz sport zalida uch oy davomida oʻtkaziladi. Mashgʻulotlarning aniq boshlanish sanasi haqidagi maʼlumot tanlab olingan barcha ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda yetkaziladi. Yoshi turlicha boʻlgan xotin-qizlar uchun alohida ikkita guruh tuziladi. Har bir guruhdagi ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmaydi.

  • A guruhi: 13 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar – dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:00 dan 18:00 gacha.
  • B guruhi: 18 yoshdan oshgan ayollar – dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 18:00 dan 19:00 gacha.

Mashgʻulotlar jismoniy tayyorgarlik darajasidan yoki oldingi mashgʻulot tajribasidan qatʼiy nazar, 13 yoshdan oshgan qizlar va ayollar uchun moʻljallangan. Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 26-iyul yоki jоylar tоʼlgunicha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

Dasturda qatnashish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Dasturda jismoniy tayyorgarlik darajasi yoki oldingi mashgʻulot tajribasidan qatʼi nazar, 13 yoshdan oshgan barcha qizlar va ayollar qatnashishlari mumkin;
  • Nomzodlar 2024-yil 26-iyulgacha ariza topshirishlari va belgilangan muddatdan kechikmasliklari lozim. Chunki arizalar belgilangan muddat yoki 150 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi;
  • Ishtirokchilar Jizzax shahrining Monomarkaz sport zalida boʻlib oʻtadigan dasturda belgilangan muddatda, toʻliq qatnasha olish imkoniga ega boʻlishlari kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

Dasturning quyidagi foydali jihatlari mavjud:

  • Ishtirokchilar oʻzlarini jismoniy zoʻravonlikdan himoya qilish, yaxshi jismoniy holat va osoyishtalikni saqlash uchun bir qator texnika va mashqlarni oʻrganadilar;
  • Shuningdek, ular oʻz-oʻzini himoya qilish koʻnikmalaridan tashqari, nizolarni hal qilish, ochiq muloqot va stressni boshqarish usullarini oʻrganadilar;
  • Nomzodlar mashgʻulotlarda mutlaqo bepul qatnashadilar.

Dasturning foydali jihatlari haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturga arizalarni qabul qilish jarayoni 2024-yil 26-iyulgacha davom etadi. Dasturda qatnashish uchun ariza shaklini toʻldirish va soʻralgan savollarga javob berish lozim.

Har bir guruhga faqatgina 150 ta ariza roʻyxatga olinadi. Arizalar belgilangan muddat yoki 150 ta ariza kelib tushgunga qadar qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

Dasturga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Maʼlumot uchun:

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi 100093, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 5-mavze, Moyqoʻrgʻon koʻchasi, 3-uy.

Tel: +998 781205450

Faks: +998 781206335

Dastur haqida quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali ham maʼlumot olish mumkin:

-Twitter;

-Facebook;

-YouTube;

-Flickr;

-Instagram;

-Telegram.

Oʻzbekiston
AQSh elchixonasi tomonidan Jizzax shahrida ayollar va qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashgʻulotlari

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar