AQSHda to'la moliylashtirilgan holda 4 oylik amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi Community Solutions Program o‘quv va amaliyot dasturi

AQSHda to'la moliylashtirilgan holda 4 oylik amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi Community Solutions Program o‘quv va amaliyot dasturi

  • 16/10/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • AQSh Davlat
  • 13.11.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    26 yoshdan 39 yoshgacha
  • IELTS talabi
    minimum 7

Sohalar

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Community Solutions Program (CSP) dasturi atrof-muhit, tinchlik va nizolarni hal qilish, shaffoflik va hisobdorlik, ayollar va gender bilan bog‘liq muammolarni hal qilish orqali o‘z jamiyatlarini yaxshilashga harakat qilayotgan kishilar uchun bir yillik professional yetakchilikni rivojlantirish dasturi hisoblanadi. Jamiyat yetakchilari quyidagilarni o'z ichiga oluvchi dasturda qatnashish uchun tanlab olinadi:

  • Amerikada 4 oylik amaliyot: Community Solutions ishtirokchilari AQSH 4 oylik amaliyotni o‘tash uchun bo‘ylab turli tashkilotlarga joylashtiriladi.
  • Community Leadership Instituti: Ishtirokchilar yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun Community Leadership yetakchilik institutining malaka oshirish dasturida qatnashishadi. Ushbu malaka oshirish dasturida yuzma-yuz treninglar, onlayn kurslar, professional murabbiylik va netvorkingni  o‘z ichiga oladi.
  • Jamiyatga yo‘naltirilgan tashabbuslar: Ishtirokchilar AQSHda bo‘lgan vaqtda mezbon tashkilotlar ko‘magida o‘z mamlakatlariga qaytganlaridan so‘ng jamiyatni rivojlantirish uchun loyihalarni amalga oshirishadi va rejalar tuzishadi. AQSHdan qaytganlaridan so‘ng  bu loyihalarni o‘z jamiyatlarida  amalga oshiradilar. 

Maqbullik shartlari

  • Nomzod 2024-yil 13-noyabr holatiga ko‘ra, 26-39 yosh orasida bo‘lishi kerak;
  • Belgilangan davlatlardan birining fuqarosi bo‘lishi (bu davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor);
  • Jamiyatni rivojlantirish bo‘yicha kamida ikki yillik tajribasiga ega bo‘lish; to‘liq yoki yarim stavkali hamda volontyorlik faoliyati ham hisobga olinadi;
  • Nomzod ayni paytda o‘z mamlakatida yashayotgan va ishlayotgan bo‘lishi;
  • Hozirda AQSHda biror akademik tadqiqot loyihasida qatnashmayotgan bo‘lishi;
  • Nomzodning yozma va og‘zaki ingliz tilisi yuqori darajada bo‘lishi (yarim finalga o‘tgan nomzodlardan TOEFL yoki IELTS sertifikatini topshirish  so‘raladi);
  • 2025-yilning 11-avgustdan 5-dekabrgacha AQShga borib, to‘rt oy amaliyot dasturida qatnasha olishi kerak;
  • AQSh fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo‘lmasligi va oxirgi uch yil ichida AQShda doimiy yashash uchun ariza topshirmagan bo‘lishi;
  • Nomzod J-1 viza talablariga javob berishi kerak. (AQSH tomonidan moliyalashtiradigan bironta dasturda qatnashgan nomzodlar AQSHdan qaytgach o‘z  mamlakatlarida ikki yil yashashlari kerak bo‘ladi)
  • Dastur tugagandan so‘ng, nomzod o‘z davlatiga qaytishi va kamida ikki yil yashashi;
  • Nomzod IREX tashkilot xodimi yoki maslahatchisi yoki ularning yaqin qarindoshi bo‘lmasligi kerak.

Dastur talablari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Foydali tomonlari

  • J-1 vizasini olishda yordam beriladi;
  • AQSHga borib-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Turar-joy, yashash va boshqa kundalik xarajatlar uchun oylik stipendiya beriladi;
  • Baxtsiz hodisalar va kasalliklar uchun sug‘urtalanadi.

Dastur foydali tomoni haqida ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Hujjat topshirish

  • Arizalar onlayn shaklda ushbu havola orqali topshiriladi;
  • Arizalar topshirilgandan so‘ng yarim finalchilarni saralab olish olish uchun intervyu o‘tkaziladi bunda IELTS yoki TOEFL imtihonini topshirish yoki yaqinda olgan sertifikatlarini topshirishlari so‘raladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

apply.csp@irex.org

AQSh
AQSHda to'la moliylashtirilgan holda 4 oylik amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi Community Solutions Program o‘quv va amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar