Fransiyada magistratura bosqichida o‘qish uchun yillik €13,100 grant taqdim etuvchi  Emily Boutmy Scholarships grant dasturi

Fransiyada magistratura bosqichida o‘qish uchun yillik €13,100 grant taqdim etuvchi Emily Boutmy Scholarships grant dasturi

  • 01/09/2024 Qabul boshlanishi
  • Grant Moliyalash turi
  • Fransiya Davlat
  • 01.12.2024 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Oliy ma'lumotli (bakalavr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Fransiyaning Рarij shahridagi Science Po universiteti Yevropa Ittifoqidan tashqari davlatlarning iqtidorli talabalari uchun Emily Boutmy Scholarships grant dasturini taqdim qiladi. 

Grant SciencePo universitetining 2025-2026 oʻquv yili uchun 2 yillik magistratura kurslariga birinchi marta hujjat topshirayotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, grant yutib olgan talabalarga yiliga €13,100 grant taqdim qilinadi.

Dastur talabalarni ijtimoiy fanlar boʻyicha chuqur ilmiy maʼlumot va ular ishlashni maqsad qilgan professional sohadagi amaliy tajriba bilan taʼminlaydi.

Maqbullik shartlari

  • Bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lishi kerak;
  • SciencesPo oliyohiga qabul qilingan bo‘lishi lozim;
  • Nomzod magistraturaga birinchi marta hujjat topshirayotgan bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar bir vaqtning o‘zida boshqa stipendiya dasturlariga ariza topshira olmaydilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Magistratura dasturining ikki yillik to‘lovini qoplash uchun yiliga €13,100 grant beriladi.

Hujjat topshirish

Hujjatlar onlayn topshiriladi.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar so‘raladi:

  • CV;
  • Til bilish sertifikati. Odatda IELTS 7 yoki TOEFL 100 talab etiladi, ammo til talabi yo‘nalishlarga qarab farq qilishi mumkin;
  • 2 ta tavsiyanoma;
  • Diplom va ilovasi.

Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan bo‘lishi kerak.

 Har bir yo‘nalish uchun kerakli hujjatlar bilan  batafsil tanishib chiqing.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qoʻshimcha savоllarni ushbu havоla оrqali yоʼllash mumkin.

Tel: +33 (0)1 45 49 50 50;

Faks: +33 (0) 1 42 22 31 26.

E-mail: admissions@sciencespo.fr

Fransiya
Fransiyada magistratura bosqichida o‘qish uchun yillik €13,100 grant taqdim etuvchi Emily Boutmy Scholarships grant dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar