Germaniyaning ommaviy-huquqiy teleradio kompaniyalari jamiyati dunyo boʻylab skripkachilar, trombon chaluvchilar, torli kvartetlar va pianinochilar uchun 71st ARD International Music Competition musiqiy tanlovini eʼlon qiladi.
Ushbu tanlovning maqsadlaridan biri bu yosh musiqachilarga boshqa sanʼatkorlar bilan tanishish imkoniyatini berish va shu orqali ularning keyingi faoliyati uchun foydali boʻlgan shaxsiy va badiiy munosabatlarni oʻrnatishdir.
Tanlovda, professional faoliyatini boshlash arafasidagi musiqachilar ishtirok etishi mumkin. Fleyta, trombon va pianino toifasida, ishtirokchilar 1991-2005-yillar oraligʻi tavallud topgan, yaʼni 17-37 yosh oraligʻida boʻlishi kerak. Torli kvartetning umumiy yoshi 128dan oshmasligi kerak.
Tanlov 2022-yil 29-avgustdan 16-sentyabrgacha davom etadi. ARD xalqaro musiqiy tanlovi homiylari: Siemens Arts dasturi va Teodor Rogler jamgʻarmasi.
Ishtirok etish toʻlovi, qabul qilinganligi haqidagi tasdiqnoma olingandan soʻng, solist uchun €90, torli kvartetlar uchun €190 miqdorida 2022-yil 31-iyulgacha “qabul qiluvchi uchun bank toʻlovisiz” oʻtkazilishi kerak.
Barcha toifalarda toʻrtta musobaqa bosqichlari majburiydir. Yakuniy bosqichlarga har bir yoʻnalish boʻyicha koʻpi bilan uchta solist hamda uchta torli kvartet kiritiladi.
Tanlov dasturi, bosqichlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etish talablari bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqish mumkin.
Tanlovning umumiy mukofot jamg'armasi €121500 ni tashkil etadi.
Fleyta, trombon va pianino toifalarining har biri uchun quyidagi miqdordagi pul mukofoti taqdim etiladi:
Torli kvartet uchun mukofot taqsimlanishi quyidagicha:
Yuqoridagi asosiy mukofotlardan tashqari, Special Prizes (maxsus mukofotlar) ham mavjud.
Savol va murojaatlar uchun: ard.musikwettbewerb@br.de