Umumiy maʻlumotlar
Aspire instituti butun dunyo boʻylab kam taʼminlangan talabalar va yaqinda bitirganlar uchun yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan Aspire Leaders Program dasturini taqdim etadi.
Dasturning asosiy maqsadi har bir yosh oʻz salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqaradigan, oʻz yetakchiligi va isteʼdodi orqali gullab-yashnayotgan jamiyatlar qurishga hissa qoʻshadigan kelajak yaratishdir.
Kurs onlayn tarzda olib boriladi va uchta moduldan iborat:
- 1-modul: Shaxsiy va kasbiy rivojlanish (3 haftalik);
- 2-modul: Immersiv taʼlim (3 haftalik);
- 3-modul: Aspire liderlik kursi: Birinchi avlod yetakchilari uchun ijtimoiy taʼsir (6 haftalik).
Kursni bitirganlar yosh liderlar, murabbiylar va ijtimoiy taʼsirni moliyalashtirish hamjamiyatiga kirish huquqiga ega boʻlishadi.
Ayni рaytda dasturning 1-mavsumiga arizalar qabul qilinmоqda. Dastur 2025-yil yanvar-mart oylarida oʻtkaziladi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Butun dunyo boʻylab talabalar va o'qishni yaqinda bitirganlar qatnashishi mumkin;
- Nomzodlar 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlishi hamda magistratura darajasini hali olmagan boʻlishi kerak;
- Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (intermediate level);
- Bitiruvchi talabalar universitetni bitirganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
Foydali tomonlari
- Dasturda bepul qatnashish mumkin;
- Barcha uchun 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs taqdim etiladi;
- Global miqyosdagi guruhlar oʻrtasi jonli muloqotlar oʻtkaziladi;
- Jahon darajasidagi pedagoglar tomonidan mahorat darslari oʻtiladi;
- Garvard universiteti fakultetlari tomonidan ishlab chiqilgan va topshirilgan kurs ishlari ustida ishlash imkoniyati.
Hujjat topshirish
Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Kurs haqida qoʻshimcha maʼlumot olishni istaganlar ushbu havola orqali savol yoʻllashi mumkin;
- Murojaat uchun ish soatlari: dushanba-juma (19:00-03:00).
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin: