Kamalak bolalar tashkiloti tomonidan media sohasiga qiziquvchilar uchun “Eko fokus” foto tanloviga start berildi. “Eko fokus” fotolar tanlovi — oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni fotografiya sohasiga qiziqtirish, yoshlarning qalbida ona tabiatga muhabbat uygʻotish, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylash, ekosavodxonlikni keng targʻib qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan maktab va kollej yoki akademik litsey oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar tomonidan foto kamera yoki mobil qurilmalari yordamida suratlar qabul qilinadi. Ishtirokchi fotosuratini oʻzi nomlaydi va asosiy eʼtiborni ekologiya va atrof muhitni asrab avaylashga qaratishi lozim.
Tanlov gʻoliblari “Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.
Tanlov gʻoliblari “Kamalak” bolalar tashkiloti va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan diplom va quyidagi esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar:
Hakamlar hayʼati fotosuratlarni quyidagi mezonlar asosida baholaydi: —
Ishtirokchilar maksimal 100 ball toʻplash imkoniyatiga ega.
Qoʻshimcha maʼlumotlar ushbu rasmiy kanal orqali berib boriladi.