Dunyoga mashhur Oksford universitetining Saïd Business School maktabi Biznes boshqaruvi (MBA) yoʻnalishi uchun bir yillik magistratura kursini grant asosida oʻqish imkonini taqdim etadi.
Tijoriy maqsaddan koʻra jamiyat manfaatini ustun qoʻygan hamda amaliy loyihalari bilan buni isbotlab kelayotgan barcha davlat fuqarolari dasturga ariza topshirishi mumkin. Kollejlardan birini bu yerda tanlash mumkin.
Eng munosib deb topilgan 4 ta nomzod grant sohibiga aylanibgina qolmay, magistratura kursini bepul oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi hamda yashash xarajatlarini qisman qoplovchi stipendiya bilan taʼminlanadi.
Bundan tashqari, gʻoliblar Skoll Scholar hamjamiyatining, innovatsion gʻoyalari orqali butun dunyoga ijobiy taʼsir koʻrsatib kelayotgan yetakchilar guruhining, bir aʼzosiga aylanish; mashhur tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkaziluvchi eksklyuziv uchrashuvlarda mehmon sifatida qatnashish huquqiga ega boʻladilar.
O'tgan yilgi dastur g'oliblari bilan bu yerda tanishish mumkin.
Dastur broshyurasi bilan bu yerda tanishish mumkin.
Umumiy dastur haqida esa bu yerda o'qish mumkin.
Grant talablari bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Eslatma: Ushbu talablar grant sohiblarini saralash uchun qoʻyilgan boʻlib, nomzodlar, avvalo, MBA kursiga ariza topshirishlari lozim. Kurs uchun maxsus talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.
Qabul komissiyasi kurs uchun ariza qabul qilinganini tasdiqlagandan soʻnggina grant uchun berilgan ariza koʻrib chiqiladi. Nomzodlar intervyu va final bosqichiga oʻtgan-oʻtmaganlari haqida pochta orqali muntazam xabar qilib boriladilar. Xabarnomani olgan ishtirokchilar aloqa manzillari, qanday qilib grant haqida xabar topganliklari va shunga oid qisqa savollardan iborat “Logistics and Reference” arizasini toʻldirishlar lozim (intervyuga taklif qilinish uchun). Intervyudan muvaffaqiyatli oʻtganlar arizasi yakuniy xulosa uchun komissiyaga yuboriladi.
Yil davomida 4 marta MBA kursi uchun ariza berish mumkin. Ammo grantga daʼvogarlardan 1-, 2-, 3-qabul muddatlarida ariza berilishari soʻraladi. Qabul, intervyu va yakuniy natijalar eʼlon qilinadigan muddatlar bilan bu yerda tanishing.
Qoʻshimcha savollar uchun: