Umumiy maʻlumotlar
Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti magistranti Shokir Yoʻldosh tomonidan oʻzbek tilini ona tili sifatida oʻqitish hamda nazariy tilshunoslikdagi ayrim muammolarga urg'u berish maqsadida ilmiy maqolalar tanlovini eʼlon qildi.
Tanlov 3 asosiy va bir bonus yoʻnalishda oʻtkaziladi:
- Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.
Tanlovda ushbu sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin. Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Maqbullik shartlari
- Tanlovda ushbu sohaga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin;
- Maqolalar quyidagi mavzularga doir boʻlishi lozim:
- Oʻqib tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Yozma nutq koʻnikmalarini rivojlantirish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Lingvistik bilimni kontekstda oʻqitish haqidagi eng yaxshi maqola.
- Olmoshning mustaqil soʻz emasligini/ekanligini hamda taqlid soʻzning mustaqil soʻz turkumi ekanligi/emasligini isbotlab bergan eng yaxshi ilmiy maqola.
Foydali tomonlari
- Har bir yoʻnalish gʻolibi 300.000 soʻmdan pul mukofotini qoʻlga kiritadi.
Hujjat topshirish
Maqolalarni @maqolaga_bot manziliga 20.02.2022 soat 23:59 gacha yuborish mumkin. Muddat qatʼiy.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Maqola oʻzbek tilida boʻlishi shart, unda annotatsiya (faqat oʻzbek tilida), kalit soʻzlar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlari boʻlishi shart. Foydalanilgan adabiyotlarning betlari ham koʻrsatilishi lozim.
Maqola uchun tanlangan mavzu aniq ochib berilishi shart. Maqola sarlavhasini mavzu doirasidan kelib chiqqan holda erkin tanlash mumkin.
Maqola 3 betdan kam boʻlmasligi lozim. Maqolada Oʻzbek tilining buyuk til ekani, Navoiy unga qanday hissa qoʻshgani, bugungi kundagi eʼtibor, Prezidentning til haqida nimalar degani va shunga oʻxshash pafosli gaplar hamda suv maʼlumotlar aks etmasligi maqsadga muvofiq.
Gʻoliblar 23.02.2022 da eʼlon qilinadi.