Umumiy maʻlumotlar
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar” tanlovi e’lon qilinadi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyaviy jihatidan qo'llab-quvvatlanadi.
Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va/yoki jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, yangi xizmat yarata olishi;
- Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
- Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;
- Loyihaning investitsion jozibadorligi – qo‘shimcha foyda keltirib, mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, loyihaning qiymati, tavakkalchiliklarning hisobga olinishi, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi;
- Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi;
- Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h;
- Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan ilmiy asos talab qiladigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish.
Ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Maqbullik shartlari
- 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
- Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilishi, loyiha materiallarining ishonchliligi va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmasligi;
- Startap loyihalar asosida maket va/yoki prototip, dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi;
- Startap loyiha taqdimoti prezentatsiya (10 slayd) shaklida loyiha mazmuni to‘liq yoritilishi lozim.
Ushbu havola orqali loyihaga qo'yilgan talablar bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
- G‘olib bo‘lgan loyihalar moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi.
Hujjat topshirish
Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida startup.mininnovation@gmail.com pochtasiga yuborilishi lozim:
- Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
- Startap loyiha pasporti;
- Xarajatlar smetasi (.xls/.xlsx);
- Startap loyiha biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda, .pdf
va .doc/.docx); - Startap loyiha taqdimoti prezentatsiya (10 slayd).
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
- Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.
- Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
- Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
- Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid bo‘lmaganligi;
- Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Startap loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.
Natijalari Vazirlik sayti orqali e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998-71-203-32-23 (ichki raqam: 216)