Umumiy maʻlumotlar
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi – “soʻm”ning moliya bozorida xalqaro nufuzini oshirish va keng jamoatchilik oʻrtasida tanilishini taʼminlash maqsadida Markaziy bank tomonidan milliy valyuta “Soʻm ramzi”ni yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilmoqda.
Tanlovda mamlakatning milliy valyutasini xalqaro miqyosda oʻziga xosligi, xalqimizning madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlovga topshiriladigan ishlar quyidagi mezonlarga koʻra baholanadi:
- Oʻziga xoslik (unikal) va original;
- Universallik;
- Oson tanib olinishi;
- Ramziy va farqli jihatlari;
- Konsepsiyaning mavjudligi va uning batafsil tavsifi;
- Soʻm ramzining turli formatlarda grafik qoʻllanilishining qulayligi (har qanday oʻlchamdagi reklama va axborot vositalari, plakatlar, varaqalar, tashqi reklamada).
Gʻolib uchun 15 000 000 (oʻn besh million) soʻm miqdorida pul mukofoti berilishi koʻzda tutilgan.
Tanlov haqida batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Tanlovda barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashishi mumkin;
- Shuningdek, Markaziy bank xodimlari va tijorat banklari, ularning qarindoshlari ham ishtirok etishlari mumkin.
Foydali tomonlari
- Gʻolibga Markaziy bank tomonidan 15 mln pul mukofoti taqdim etiladi.
Hujjat topshirish
Topshiriladigan ishga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovga har bir ishtirokchidan individual mualliflik ishlari bir yoki bir necha koʻrinishda (versiyada) qabul qilinadi;
- Taklif etilayotgan milliy pul birligi ramzining aniq tasvirlangan konsepsiyasi taqdim etilishi shart;
- Taqdim etilayotgan ish tanlov maqsadiga mos kelishi lozim;
- Pul birligi ramzi tasviri grafik (jpeg, png) va vektor formatida (cdr, ai) yoki qoʻlda chizilgan holatda taqdim etiladi;
- Soʻm ramzi qisqa, oʻziga xos (unikal), oddiy, universal, oʻlcham oʻzgartirilganida va oq-qora tasvirda ham oʻz koʻrinishini saqlab qolishi kerak.
Qayerga va qanday yuborish haqida:
- Tanlov konsepsiyasini tanlov@cbu.uz (xat mavzusida “Milliy valyuta ramzini yaratish boʻyicha tanlov”deb koʻrsatgan holda) elektron pochta manzili, 100001, Toshkent sh., Islom Karimov koʻchasi, 6 pochta manziliga, hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborishi;
- Yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bankka yetkazishi lozim.
Tanlovga ishlar 31-martga qadar qabul qilinadi. Batafsil bu yerdan bilib olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qoʻshimcha savollar uchun aloqa raqamlari:
- +99871 212-73-56;
- +99871 212-73-58.