Umumiy maʻlumotlar
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi Xudoyberdi To‘xtaboyev xotirasiga bag‘ishlangan II Respublika insholar tanlovi e’lon qilinadi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
- 1-o‘rin: Sardorlar Anjumani(oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka(128gb);
- 2-o‘rin:Power bank(20 000mah) va 10 ta kitob;
- 3- o‘rin: Termos va 5 ta kitob.
Maqbullik shartlari
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Nomzodlar O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev bilan aloqador bo‘lgan mavzuda insho yozishlari kerak.
Insholar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Insho mavzusi doirasida rejalarning to‘g‘ri tanlangani va imloviy, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilmagani bo‘yicha — 20 ball;
- Inshodagi fikrlar asosan ishtirokchining shaxsiy fikrlari bo‘lishi va badiiy jihatdan saviyali tarzda yozilgani bo‘yicha — 20 ball;
- Ishtirokchi o‘qigan kitobi bo‘yicha inshoda batafsil o‘z mulohazalarini ilgari sura olganligi, qahramonlarga to‘g‘ri baho berganligi va asar g‘oyasini to‘la anglagan holda tasvirlagani bo‘yicha — 40 ball;
- Insho bexato yozilgani bo‘yicha — 10 ball;
- Inshoda Xudoyberdi To‘xtaboyev siymosi munosib e’tirof etilgani bo‘yicha — 10 ball.
Tanlov ikki yosh toifasi doirasida o‘tkaziladi:
• 10-14 yosh;
• 15-18 yosh.
Foydali tomonlari
Tanlov g‘oliblari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi:
- 1-o‘rin: Sardorlar Anjumani(oromgoh)ga yo‘llanma va fleshka(128gb);
- 2-o‘rin: Power bank(20 000mah) va 10 ta kitob;
- 3- o‘rin: Termos va 5 ta kitob;
- Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha ishtirokchilarning insholari “Gulxan” jurnalida chop etiladi.
Hujjat topshirish
Insholar quyidagi havola orqali yuboriladi:
Insho quyidagi tartibdaskaner qilgan tarzda PDF shaklda yuboriladi :
- Insho ona tili daftariga yoziladi;
- Birinchi muqovada viloyat, tuman yoki shahar, maktab, sinf va F.I.SH hamda telefon raqam yoziladi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Qo‘shimcha ma'lumot:
Tanlov haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.