Umumiy maʻlumotlar
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” munosabati bilan “Ayolga ehtirom” ijodiy ishlar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovga moʻtabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan, bugun jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik koʻrsatib, salmoqli natijalarga erishayotgan xotin-qizlarga bagʻishlangan sheʼriy, nasriy hamda badiiy-publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib deb topilgan ijodkorlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Maqbullik shartlari
- Tanlovga moʻtabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan, bugun jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va bunyodkorlik ishlarida fidoyilik koʻrsatib, salmoqli natijalarga erishayotgan xotin-qizlarga bagʻishlangan sheʼriy, nasriy hamda badiiy-publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Foydali tomonlari
- Hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib deb topilgan ijodkorlar 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Hujjat topshirish
Kerakli hujjatlar:
- Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi;
- Muallifning shaxsiy maʼlumotnomasi;
- Pasport nusxasi;
- Telefon raqami.
Ijodiy ishlar 2022-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.
Barcha hujjatlar ushbu email manzili badiiy_adabiyot@mail.ru yoki quyidagi manzilga yuborishi lozim.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Tanlov haqida batafsil rasmiy saytdan ma'lumot olish mumkin.
Ijodiy ishlar 2022-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun telefon: (71) 231-83-67