Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza to'ldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza to'ldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

  • 05/10/2024 Qabul boshlanishi
  • Bepul Moliyalash turi
  • Buyuk Britaniya Davlat
  • Doimiy Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Maktab o'quvchilari (9-sinfgacha), Maktab o'quvchilari (yuqori sinflar), O'rta ma'lumotli (maktab/kollej bitiruvchisi), Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr), PhD talabasi , Falsafa fanlari doktori
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    16 yoshdan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Dunyo boʻyicha universitetlarning TOP 100 taligiga kiruvchi, oʻqitish va ilmiy izlanishlari bilan mashhur Angliyaning Sheffield universiteti tomonidan FutureLearn onlayn taʼlim platformasida bepul kurs taqdim etilgan.

Ushbu kurs barcha uchun bepul va ochiq boʻlib, ish, amaliyot dasturlari, chet el oliygohlariga qanday qilib muvafaqqiyatli ariza toʻldirish, mukammal CV (tarjimai hol) yozishga yordam beruvchi amaliy usullarni oʻrgatadi.

Sheffild Universitetida joylashgan ishga qabul qilish xizmati mutaxassislari mukammal motivatsion xatlar va shaxsiy bayonotlar, CV (tarjimai hol) yozishga yordam beradigan eng yaxshi maslahatlari bilan boʻlishadilar.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali ma'lumot olish mumkin. 

Maqbullik shartlari

  • Dastur ish yoki tanlov asosida qabul qiladigan kurs/dasturlarga hujjat topshirmoqchi boʻlgan barchaga moʻljallangan;
  • Ayniqsa, ushbu kurs oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida yoki oʻz malakasini oshirish istagida boʻlganlar uchun mos tushadi;
  • Hech qanday oldingi bilim va tajriba talab qilinmaydi.

Foydali tomonlari

Ushbu kurs:

  • Ishga yoki universitetga kirishingizda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini oshiradi;
  • Ishga, chet el oliygohlariga, amaliyot dasturlari va turli tanlovlarga ariza/hujjat topshirishga tayyorgarlik ko'rish, rezyume yozish va ariza shakllarini to'ldirishda eng yaxshi amaliy ko'nikmalarni beradi;
  • Ish takliflarini tahlil qilish, ish beruvchilar va muassasalarni o'rganish, ish beruvchi talablarini aniqlash ko'nikmalarini shakllantirishni o'rgatadi;
  • Nomzodlarning orzusidagi ishga erishishi uchun ularning kuchli jihatlari va ko'nikmalarini aniqlashga ko'maklashadi;
  • Boshqalarnikidan ajralib turuvchi mukammal ariza tayyorlash usullarini o'rgatadi;
  • Dastur soʻnggida sertifikat taqdim etiladi. 

Hujjat topshirish

Kursda qatnashish uchun FutureLearn onlayn platformasi orqali rоʼyxatdan оʼtish mumkin.

Eslatma! Platformada turli sanalardan boshlanadigan onlayn darslar mavjud. Dasturdagi onlayn darslar pulli va bepul kurslarga boʻlinadi. Tekin kurslar uchun qabul jarayoni 2024-yil 2-noyabrgacha davom etadi.

Dasturga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur haqida batafsil ushbu havоla оrqali оʼqish mumkin.

Buyuk Britaniya
Angliyaning nufuzli Sheffield universiteti tomonidan muvafaqqiyatli ariza to'ldirish, mukammal CV yozishga yordam beruvchi bepul onlayn kurs

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar