Umumiy maʻlumotlar
Inson huquqlari va ijtimoiy adolat mavzusida professional izlanish olib borayotgan ayol jurnalistlar uchun The Elizabeth Neuffer 2024 stipendiya dasturi eʼlon qilindi.
Dastur davomida ishtirokchilar dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri — Massachusets texnologiya institutida (MIT) amaliyot oʻtash va darslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Amaliyot davomiyligi: 2025-yil fevral oyidan boshlanib iyul oyigacha davom etadi.
Bu oylar mobaynida amaliyotchilar The Boston Globe jurnalida, Kembrijda darslarda, seminarlarda turli xil tadbirlarda ishtirok etib mustaqil izlanishlar olib boradilar va yangiliklar boʻlimi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishadi. Soʻngi ikki oy davomida Nyu-York shahrida The New York Times gazetasida stajirovka oʻtkazadilar.
Dastur davomida qaysi kurslarda va darslarda ishtirok etishni amaliyotchilar mustaqil ravishda tanlash huquqiga egalar buning uchun Xalqaro tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasiga kirishlari, shuningdek MIT universiteting kurslari haqida batafsil maʼlumotlarni koʻrib chiqishlari kerak.
Amaliyotchilar akademik va kasbiy jihatdan oʻrgangan tajribalarini davlatlariga qaytib amaliyotda qoʻllashlari kerak.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Dasturga davlatidan qatʼi nazar, inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalari boʻyicha izlanish olib borayotgan ayol jurnalistlar ariza yuborishlari mumkin;
- Ariza yuborayotgan jurnalistlar kamida 3 yillik toʻliq stavkadagi professional ish tajribasiga ega boʻlishlari shart. Talabalik davrida qilingan amaliyotlar qabul qilinmaydi;
- Nomzodlarning ingliz tilida ogʻzaki va yozma nutqlari ravon boʻlishi shart;
- Frilanser yoki xodim sifatida ish olib borayotgan jurnalistlar ham ariza yuborishlari mumkin.
Dasturga qatnashish shartlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqishlari mumkin.
Foydali tomonlari
- Yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya ajratiladi;
- Kembrij va Nyu-York shaharlaridan birida yashash uchun uy-joy toʻlovi moliyalashtiriladi;
- Ishtirokchilarga yashash manzillaridan Vashington shahrigacha boʻlgan borish-kelish aviachiptasi va shahar ichidagi transport xarajatlari qoplanadi;
- AQSHdan tashqarida yashovchi jurnalistlar uchun viza va sugʻurta xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi;
- Dastur ish haqini oʻz ichiga olmaydi va boshqa tasodifiy xarajatlar ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan toʻlanishi kerak.
Dastur imtiyozlari haqida ushbu havola orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Nomzodlar dastlab ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari va kerakli maʼlumotlarni toʻldirishlari kerak.
Kerakli hujjatlar roʻyxati:
- Biografiya;
- CV yoki Rezyume;
- Statement of Interest (dasturga nega qiziqish bildirilganligi haqida bayonnoma);
- Fellowship Goals (Amaliyot davomida nimalarni reja qilinganligi haqida maʼlumot).
- Inson huquqlari yoki ijtimoiy adolat masalalarini qamrab oluvchi ikkita ish namunasi. Bunda ishlar ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tiliga jurnalistning oʻzi tomonidan yoki professional tarjimon tomonidan mahorat bilan yaxshi tarjima qilinishi kerak;
- Ikkita tavsiyanoma (ingliz tilida).
Statement of Interest qanday yozilishi haqida:
- Nega aynan ushbu amaliyot dasturi nomzodning karyerasida muhim rol oʻynashi haqida (max 500 ta soʻz);
- Ushbu dasturga qatnashish orqali qaysi eng muhim maqsadga erishishlari haqida batafsil (max 500 ta soʻz);
- Maqsadingizga erishsangiz inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalari boʻyicha jurnalistika yoʻnalishi qanday ijobiy natijalarga erishadi (max 250 soʻz);
- Stipendiya dasturi tugaganidan soʻng qanday rejalari borligi va soʻngi besh yilda oʻzlarini qanday tasavvur qilishlari va bunda shu amaliyot dasturining oʻrni qanchalik muhim boʻladi (max 250 soʻz).
Fellowship Goals qismida ushbu savollarga javob berilishi kerak:
- Elizabet Noyfer stipendiyasi akademik va amaliy jurnalistika sohasi boʻyicha ham mashhur. Nomzod uchun hozirgi karyerasida qaysi biri koʻproq ustun yaʼni qaysi biriga koʻproq eʼtibor qaratadi. Ikkisidan birini tanlab nega shunday ekani ham yozilishi kerak (max 250 soʻz).
- Nomzodlar ilmiy tadqiqot qilmoqchi boʻlgan yoʻnalishlarini aniq koʻrsatishlari va bu tadqiqot jurnalistika rivoji va oʻzlarining karyeralarida qanday oʻrin egallashi haqida batafsil yozishlari kerak (max 250 soʻz);
- Dastur davomida qanday jurnalistik tajribaga ega boʻlishni istashlari haqida (max 500 soʻz);
- Dastur davomida orttirilgan tajribalar nomzodlarning qisqa va uzoq muddatli rejalarida qanday ahamiyat kasb etishi haqida (max 500 soʻz);
- “The Boston Globe” va “The New York Times” gazetalaridan tashqari, ishtirokchi sifatida kirishni xohlaydigan biron bir savdo nuqtalari yoki tadbirlari bormi? (max 500 soʻz).
Dasturga qabul jarayoni bosqichlari va qachon bo‘lib o‘tishi haqida ushbu havola orqali orqali batafsil bilib olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
- Dastur haqida ushbu video orqali batafsil maʼlumot olish mumkin.
- Eng koʻp soʻraladigan savollarga javoblar bilan FAQs qismida tanishib chiqish mumkin;
- Qoʻshimcha savollar yuzasida tmoore@iwmf.org email manzilga xabar yuborish mumkin.