Avstriyada bakalavr va magistratura talabalari uchun oyiga €1,086  maosh to‘lanadigan Scientific Internship amaliyot dasturi

Avstriyada bakalavr va magistratura talabalari uchun oyiga €1,086 maosh to‘lanadigan Scientific Internship amaliyot dasturi

  • 01/06/2021 Qabul boshlanishi
  • Stipendiya Moliyalash turi
  • Avstriya Davlat
  • 19/07/2024 07:06 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili, Nemis tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Avstriyaning IST tadqiqot instituti tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika va shunga tegishli bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr va magistratura bosqichini tugatgan yoki davom ettirayotgan talabalar uchun ilmiy amaliyot dasturini e’lon qiladi. 

Dastur tadqiqot va kasbiy rivojlanish uchun qulay muhitni yaratish bilan birga yosh olimlarni keyingi bosqichlarga tayyorlash uchun ish faoliyatlarini  oshiradigan  xizmatlarni taklif qiladi. Amaliyot dasturi 1 yil muddatgacha tayinlanadi.

Maqbullik shartlari

  • Nomzodlar tabiiy fanlar, kompyuter fanlari, matematika yoki boshqa tegishli soha bo'yicha bakalavr yoki magistraturani yaqinda tugatgan yoki o'qiyotgan bo'lishi kerak;
  • Nomzod dasturning topshirayotgan yo‘nalishi bo‘yicha kuchli qiziqishi hamda bilimga ega bo‘lishi;
  • Nomzod dasturning topshirayotgan yo‘nalishi bo‘yicha tajriba va  texnik ko‘nikmaga ega bo‘lishi ustunlik beradi.

Eslatma: 2023-yil 15-maygacha bitirganlar dasturga ariza berish huquqiga ega emaslar.

Foydali tomonlari

  • Oylik €1,000 haq to'lanadi;
  • Safar xarajatlari qolab beriladi;
  • Tibbiy sug'urta va turarjoy xarajatlari to'lab beriladi.

Hujjat topshirish

  1. Mavjud tadqiqot guruhlaridan o‘zingiz qiziqqan yo‘nalishni aniqlang. 
  2. Mos yo‘nalishni tanlab bo‘lgach  grandschool@ist.ac.at  orqali tadqiqot       rahbariga bog‘laning. Bunda quyidagi ma’lumotlarni yuborish so‘raladi:
    • Dasturga qiziqishingiz, jamoada ishlashingizga bo‘lgan ishtiyoqingiz haqida qisqacha ma‘lumot
    • CV(PDF formatda)
    • Amaliyot o‘tashingiz mumkin bo‘lgan muddatlar

Eslatma: Dasturga yilning istalgan vaqtida ariza topshirish mumkin!

Qoʻshimcha maʻlumotlar

  • Arizalari ma’qul topilgan nomzodlarga tadqiqot rahbarlarining yordamchisi tomonidan keyingi bosqich haqida xabar beriladi. 
Avstriya
Avstriyada bakalavr va magistratura talabalari uchun oyiga €1,086 maosh to‘lanadigan Scientific Internship amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar