Umumiy maʻlumotlar
DESY Summer student program bakalavr va magistratura talabalari uchun Germaniyaning DESY tadqiqot markazida yozgi amaliyot oʻtash imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda fizika, fizikaga aloqador tabiiy fanlar va hisoblash (computing) boʻyicha bakalavrning 4-kurs va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin.
Dasturning ushbu mavsumida ishtirokchilar Gamburg yoki Zeuthen (Berlin yaqinida) laboratoriyalarida tadqiqot olib borishlari mumkin boʻladi. Dastur 2025-yilning 22-iyulidan 11-sentyabrga qadar davom etadi. Dastur 2 qismdan iborat boʻladi:
- Work projects — Tadqiqot loyihalari. DESY tadqiqot guruhlarining kundalik ishlariga qoʻshiladi va ushbu mashgʻulotlardan birida qatnashadi. Ushbu jarayon onlayn va oflayn rejimda olib boriladi;
- Lecture program — Maʼruza darslar. DESY da olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan bogʻliq bir qator maʼruzalar (ingliz tilida oʻqiladi) ham boʻladi. Maʼruzalar asosan veb-translyatsiya orqali uzatiladi.
Mahalliy loyihalar uchun qabul qilingan talabalar haftasiga 39 soat ishlashi kutilmoqda. Ular yashash uchun stipendiya — oyiga 1,200 yevro bilan taʼminlanadi, sayohat xarajatlari qisman qoplanadi va DESY hostelida bepul yashash imkoniyatiga ega boʻladi.
Dasturning avvalgi mavsumlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Nomzodlar kamida bakalavr bosqichining 3 yilini fizika, fizikaga aloqador tabiiy fanlar yoki computing (hisoblash) yoʻnalishida tugallagan boʻlishi yoki magistraturada oʻqiyotgan boʻlishi kerak;
- Avval ushbu dasturda ishtirok etmagan boʻlishi shart;
- Ingliz tilini yaxshi bilishi va computing (hisoblash) boʻyicha asosiy bilimlarga ega boʻlishi kerak;
- Magistraturani tamomlagan talabalar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Oyiga 1,200 yevro stipendiya toʻlanadi;
- Safar xarajatlari uchun moddiy yordam beriladi;
- DESY markaziga tegishli yotoqxonadan bepul turarjoyga ega boʻladi.
Dastur manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Hujjat topshirish
Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ariza topshiriladi.
Kerakli hujjatlar:
- CV;
- Universitet baholari;
- Xorijga chiqish pasporti;
- 2 ta tavsiyanoma: onlayn ariza shaklida tavsiya beruvchilarning ismlari va elektron pochta manzillarini koʻrsatishdan oldin, ikki tavsiyanoma beruvchingizdan ruxsat soʻrashingiz kerak. Tavsiyanoma beruvchilarga oʻz tavsiyanoma xatlarini qayerga yuklash boʻyicha koʻrsatmalar bilan avtomatik elektron pochta xabarnomasi yuboriladi.;
- Universitetda oʻqish haqida maʼlumotnoma;
- Bundan tashqari, Bonndagi Markaziy Ishchi Agentligi tomonidan “Oʻqishga qabul qilinganlik haqida deklaratsiya” (Declaration of Certificate of Enrollment) nomli hujjat talab etiladi. U ham majburiy hisoblanadi va universitetingiz tomonidan imzolanib muhrlanishi lozim. Bu hujjat 2025-yil 22-iyuldan 11-sentabrgacha boʻlgan davrni qamrab olishi kerak.
Dasturga ariza topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Eng koʻp berilgan savollar va ularning javobi bilan ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
dastur davomidagi mashgʻulotlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: summie-org@desy.de