Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi tadqiqot-amaliyot dasturi

Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi tadqiqot-amaliyot dasturi

  • 01/10/2024 Qabul boshlanishi
  • Toʻliq Moliyalash turi
  • Yaponiya Davlat
  • 15/10/2023 19:59 Oxirgi muddat
GrantGO

Muhim tafsilotlar

  • Kimlar uchun
    Bakalavr talabasi , Oliy ma'lumotli (bakalavr), Magistr talabasi, Oliy ma'lumotli (magistr)
  • Dastur tili
    Ingliz tili
  • Yosh chegarasi
    Chegaralanmagan

Doʻstlar bilan ulashing

Umumiy maʻlumotlar

Okinava Fan va Texnologiya Instituti (OFTI) tadqiqot-amaliyot dasturi bakalavr va magistratura talabalari yoki yaqinda OFTIda PhD taʼlim dasturida oʻqishni xohlagan talabalarga OFTIda ilmiy amaliyotchi sifatida ishlash imkoniyatini taqdim etadi. OFTI dastur orqali talabalarga taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi.

Amaliyot dasturi davomiyligi odatda 3 oydan 6 oygacha va amaliyotchilarga bir ish kuniga 2,400 yapon iyenasi (~$16) miqdorida haq toʻlanadi. Bundan tashqari amaliyotchilar transport va turar joy xarajatlari ham qoplab beriladi.

Bu qisqa muddatli dastur talabalarga maʼlum bir laboratoriyada tajriba orttirish, tadqiqot muhitida ishlash hamda maxsus ilmiy texnikani oʻrganish imkoniyatini beradi. Amaliyotchilar biriktirilgan professor rahbarligida ishlaydilar va OFTIning tadqiqot faoliyatiga oʻz hissalarini qoʻshishlari mumkin.

Tadqiqot-amaliyot dasturi yiliga ikki marta tanlov asosida amaliyotchilarni qabul qiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Yaponiya va boshqa istalgan davlatning 3-4-kurs bakalavriat yoki magistratura talabalari hamda ushbu darajaga ega nomzodlar qatnashishi mumkin;
  • Nomzodlarning oʻqiyotgan / avvalgi taʼlim sohasi OFTIda amaliyot uchun tanlagan yoʻnalishga mos kelishi lozim;
  • Talabalar dasturda ishtirok etish uchun oʻz taʼlim muassasasidan ruxsat olishlari kerak.

Yoʻnalishlar haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Amaliyot uchun bir ish kuniga 2,400 yapon iyenasi (~$16) (soliqqa tortilmaydi va dam olish kunlari bundan mustasno) miqdorida haq toʻlanadi;
  • Transport va ikki tomonlama toʻgʻridan-toʻgʻri aviachipta xarajatlari qoplanadi;
  • Institut hududida yoki undan tashqarida jihozlangan turar joy bilan taʼminlanadi;
  • Viza olish, sugʻurta qilish va mahalliy roʻyxatdan oʻtishda yordam beriladi.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

1) Pasport nusxasi

2) Motivatsion xat (maksimal 400 ta soʻz)

Motivatsion xat shakli onlayn arizada taqdim etiladi.

Xatda ushbu savollarga javob berishingiz kerak:

  • OFTI va siz xohlagan tadqiqot boʻlinmalari sizning hozirgi tajribangiz va mahoratingizga qanday mos keladi?
  • Agar siz bir nechta tadqiqot boʻlinmalariga qiziqsangiz, har birini qisqacha yoritib oʻting.
  • OFTIda nimalarga erishmoqchisiz?
  • OFTIda tadqiqot amaliyoti sizning umumiy kasbiy rejalaringizga/intilishlaringizga qanday mos keladi?

3) Akademik transkript

Nomzodning hozirgi akademik transkriptining skaner qilingan nusxalari va oldingi darajadagi boshqa har qanday transkript (BSc, MSc va boshqalar).

Muhim: Ingliz tilida boʻlmagan transkriptlar uchun inglizcha tarjima talab qilinadi.

4) Tavsiyanomalar

Ishtirokchining ilmiy faoliyati bilan tanish boʻlgan akademik yoki tadqiqotchi mutaxassisdan maʼlumotnoma talab qilinadi. Har bir nomzod tegishli shaxslardan kamida bitta va uchtadan koʻp boʻlmagan tavsiyanomaga ega boʻlishi shart. Arizalar tizimi onlayn ariza shaklida nomzod koʻrsatgan elektron pochta va aloqa maʼlumotlardan foydalanib, tavsiya qiluvchi shaxslardan toʻgʻridan-toʻgʻri xat(lar)ni soʻraydi. Tavsiyanomalar elektron pochta orqali qabul qilinmaydi.

5) ID rasm

Yuzingizni old tomondan koʻrsatadigan standart pasport uchun olinadigan formatdagi rasm.

Eslatma: Barcha hujjatlar PDF shaklda yuklanishi kerak.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Dastur yiliga 2 marta amaliyotchilarni qabul qiladi:

  • Bahorgi mavsum uchun: 15-oktyabr, 2024-yil (19:59);
  • Kuzgi mavsum uchun: 15-aprel, 2025yil (19:59).

Tanlov natijalarining eʼlon qilinish vaqti:

  • 1-mavsum uchun 2024-yil dekabr oyining oxiri;
  • 2-mavsum uchun 2025-yil iyun oyining oxiri.

Dastur haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar bu yerda.

Yaponiya
Yaponiyaning Okinava Fan va Texnologiya Instituti tomonidan bakalavriat va magistratura talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi tadqiqot-amaliyot dasturi

Parolni unutdingizmi?

Parolni tiklash uchun saytdan roʻyxatdan oʻtgan emailingizni kiriting
Tizimga kirish

Sizni koʻrib turganimizdan xursandmiz!

Oʻz akkauntingizga kiring va tizim imkoniyatlaridan toʻliq foydalaning

Tanlangan imkoniyatlar